Oldin Besturn nomi bilan tanilgan,hozirgi kunda Bestune - bu Xitoy eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi FAW Groupga tegishli avtomobil markasidir.
FAW so'zining kengaytmasi China First Automobile Works. Aynan shu nom brinch avtomobil zovodi degan ma'noni anglatadi. 1953 yil 15-iyulda, birinchi yig'ish zavodi sifatida tashkil qilingan.
FAW Xitoyning eng qadimgi va eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, ro'yxatdan o'tgan kapitali 35,4 milliard yuanga va umumiy aktivlari 457,83 milliard yuanga teng.
Bundan tashqari, guruh 2020 yilgi Fortune Global 500 ro'yxatida 87-o'rinni egalladi. Bestune hozirda FAW guruhi tarkibida byudjet yo'lovchi avtomobillarini ishlab chiqaradi. 2006 yilda Mazda 6 asosida ishlab chiqilgan Besturn B70 Bestune brendining birinchi modeli sifatida debyut qildi. Brendning ikkinchi modeli Bestune B50 2009 yilda debyut qilgan. Shundan so'ng qatorasiga brin-ketin T seriyasidagi avtomobillarni ommaga taqdim etdi. Kompaniyaning chet eladi asosiy hamkorlaridan biri bu Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi va milliy komaniyalari bilan ichlab chiqarish zavodlarini ham ishga tushirishga ulgurgan. O'zbekistonda esa Bestunning brinchi modellari 2019-yildan sotila boshlagan. Dastlabki modellar kompakt T33 krossoveri va undan kattaroq T77 avtomobillari bo'lgan. Ammo ulardan keyinroq, 2021-yilda ishlab chiqarilgan Bestune T55 modelli ko'pchilikka manzur bo'lib kelmoqda.